Mutko: Hamdo‘stlik Kubogi tugatilishi mumkin, biz endi SSSRni qo‘msamayapmiz

Sport 15:42 / 24.01.2016 6480

Rossiya Futbol uyushmasi rahbari Vitaliy Mutkoning ma'lum qilishicha, Hamdo‘stlik Kubogi butunlay o‘zgartiriladi yoki yo‘q qilinadi. 23 yanvar kuni Rossiya yoshlar terma jamoasi 2013 yildan beri ilk marta turnirda g‘alaba qilgandi.

"Biz o‘ylab ko‘ramiz. Yoki bu turnirni o‘tkazishni butunlay to‘xtatamiz, yoki uni butunlay isloh qilamiz. Bu turnir dastlab boshqa maqsadlarda tashkil etilgandi, endilikda turnir o‘zining mohiyatini yo‘qotib bo‘lgan. Ishtirokchi jamoalar turnir vaqtida bahorgi o‘yinlarga tayyorlanayotgan bo‘ladi va futbolchilarini turnirda qatnashish uchun jo‘natmaydi.

Hamdo‘stlik kubogi turniri SSSR chempionatini qo‘msab, tashkil etilgandi. Bugungi kunga kelib hech kimda unday nostalgiya qolmagan. MDHning barcha davlatlari o‘z yo‘lidan ketmoqda. Avvallari turnirda doimiy ravishda ishtirok etib kelgan jamoalar endilikda vaqtni boshqa turnirlarda yoki yig‘inlarda o‘tkazishmoqda", deydi Mutko "R-Sport" nashriga.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 2014 yildan buyon Hamdo‘stlik Kubogida ishtirok etishni to‘xtatgan.

Ko‘proq yangiliklar: