Mourinoning agenti: Joze «MYu» rahbariyatiga xat yozgani haqidagi xabar yolg‘on

Sport 11:43 / 24.01.2016 2594

«Chelsi» jamoasining sobiq bosh murabbiyi Joze Mourinoning agenti Jorjye Mendesh o‘z mijozining «Manchester Yunayted» rahbariyatiga o‘zini ishga olishini so‘rab 6 sahifali maktub yo‘llagani haqidagi xabarni rad qildi.

"Kimning boshiga bunday xayol kelishi mumkin? Mourino bunday ish qiladigan, o‘z xizmatini qaysidir jamoaga taklif qiladigan inson emas.

Bu haqdagi xabarlarda zarracha haqiqat yo‘q", deydi agent.

Mourino «Manchester Yunayted» rahbariyatiga 6 sahifali maktub yo‘lladi

Ko‘proq yangiliklar: