Gretsiya Eron neftini sotib oladigan Yevropadagi ilk davlat bo‘ldi

Iqtisodiyot 17:53 / 24.01.2016 2623

Gretsiyaning Hellenic Petroleum neft kompaniyasi va Eronning NIOC kompaniyasi bilan Eron neftini xarid qilish bo‘yicha bitim imzoladi. Bu haqda greklar kompaniyasi saytida ma'lum qilingan.

Qayd etilishicha, bu kelishuv 2011 yilda Eronga sanksiyalar qo‘llanganidan keyin to‘xtab qolgan neft yetkazib berish bo‘yicha ishlarni qayta tiklashni nazarda tutadi.

Bundan oldinroq, sanksiyalar yechilgach, Eron muzlatib qo‘yilgan 50 mlrd dollarlik aktivlariga ega bo‘la olishi haqida xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: