Ayovadagi eng yirik gazeta Klinton va Rubio nomzodlarini qo‘llab-quvvatlab chiqdi

Jahon 12:23 / 24.01.2016 1925

Ayova shtatidagi asosiy nashr hisoblanadigan Des Moines Register gazetasi AQSh prezidentligi uchun saylovda demokrat Hillari Klinton hamda respublikachi Marko Rubio nomzodini qo‘llab-quvvatlashini ma'lum qildi.

Qayd etish kerakki, Ayova AQShdagi prezidentlik saylovlaridagi asosiy o‘rin tutadigan hudud hisoblanadi. Aynan shu yerda bir necha kundan keyin dastlabki tayyorgarlik saylovlari boshlanadi.

Nashr rahbariyatining qayd etishicha, bu obektiv qarashdir va bu qaror uzoq davom etgan muhokamalardan keyin qabul qilingan. Muhokamalar intervyular va tadqiqotlar orqali olib borilgan. Bu jarayonda faqat nashr xodimlari ishtirok etishgan.

Reyter agentligi ma'lumotiga ko‘ra, 1988 yildan buyon nashr qo‘llab-quvvatlagan 9 nomzoddan 3 nafari yakunda shtatdagi ko‘pchilik saylovchilar ovoziga ega chiqqan.

Bundan oldinroq, Ayovadagi mashhur siyosatchi Sara Peylin saylovda Donald Trampning nomzodini qo‘llab-quvvatlashini bildirgandi.

Tramp: Men kimnidir otib tashlashim mumkin va buning oqibatida birorta ham saylovchining ovozini yo‘qotmayman

Ko‘proq yangiliklar: