Australian Open turniri chorak finalida Mariya Sharapova Serena Uilyamsga qarshi o‘ynaydi

Sport 12:52 / 24.01.2016 2739

Rossiyalik tennischi Mariya Sharapova Melburn shahrida davom etayotgan Australian Open turnirining chorak finaliga yo‘llanma oldi. Bu bosqichda uning raqibasi sayyoraning birinchi raketkasi amerikalik Serena Uilyams bo‘ladi. Bu haqda olamsport.com nashri xabar bergan.

24 yanvar kuni tongida dunyoning beshinchi raqamli tennischisi bo‘lib turgan Sharapova to‘rtinchi davra uchrashuvida shveysariyalik Belinda Benchichni ikki setda ham bir xil 7:5 hisobilarida dog‘da qoldirdi. Ushbu bahsda 21ta eys zarbasini amalga oshirgan Sharapova o‘zining shaxsiy rekordini ham yangiladi.

Serena Uilyams esa to‘rtinchi davrada rossiyalik Margarita Gasparyanni ortiqcha qiyinchiliksiz 6:2, 6:1 hisobida yengdi.

Qayd etish kerakki, Sharapova – Uilyams o‘rtasidagi o‘zaro uchrashuvlarda Serena 18-2 hisobida oldinda bormoqda.

Australian Open —«Katta dubulg‘a» turkumiga kiruvchi dastlabki musobaqa bo‘lib, 18-31 yanvar kunlari Avstraliyaning Melburn shahrida bo‘lib o‘tadi. Turnirning umumiy sovrin jamg‘armasi 30 million dollarni tashkil qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: