«Arsenal» «Lester»dan angliyalik 19 yoshli himoyachini sotib olmoqchi

Sport 12:35 / 24.01.2016 2419

«Arsenal» klubi qishki transferlar vaqtida «Lester» himoyachisi Ben Chiluellni sotib olmoqchi.

Daily Mail nashrida xabar qilinishicha, londonliklar 19 yoshli futbolchi uchun 5 million funtdan ko‘proq mablag‘ taklif qilmoqda. Chiluell bilan shuningdek «Liverpul» va «Tottenhem» jamoalari ham qiziqish bildirmoqda. Angliya yoshlar terma jamoasi a'zosi bo‘lgan bu futbolchiga «Manchester Yunayted»dan ham qiziqish bor.

Ayni vaqtda uning ustozi hisoblanadigan Klaudio Raneri uning imkoniyatlariga yuqori baho bergan.

Himoyachining «Lester» bilan shartnomasi bir yarim yildan so‘ng yakuniga yetadi. Ammo klub uning maoshini oshirgan holda, Chiluell bilan yangi shartnoma imzolamoqchi. Ayni vaqtda futbolchi «Lester»da haftasiga bor yo‘g‘i 800 funt maosh oladi.

Eslatib o‘tamiz, Chiluell shu vaqtga qadar Angliya chempionatida doirasidagi o‘yinlarda biron marta maydonga tushmagan. U 2015 yilning noyabrida «Xaddersfild»ga ijaraga berilgan va u chempionshipdagi 8ta uchrashuvda maydonga tushirilgan edi. U «Lester» safida «Xall»ga qarshi Angliya liga kubogi doirasida o‘tkazilgan uchrashuvda qatnashgan.

O‘tgan yil oxirida «Liverpul» bu futbolchi uchun 4 mln funt taklif qilgandi. «Arsenal» bu yosh futbolchiga o‘tgan yilning noyabridan buyon qiziqish bildirmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: