AQSh Suriyadagi aerodromlardan birini o‘z nazoratiga olgani haqidagi xabarni rad qildi

Jahon 11:03 / 24.01.2016 2422

AQSh Suriyaning shimoli-sharqidagi Al-Hasika viloyatidagi Rumeylan aerodromiga Harbiy-Havo kuchlari samolyotlarini joylashtirishi uchun egallagani haqidagi xabarni inkor qildi. Bundan oldinroq, Texasdagi Ostin shahrida joylashgan Stratfor tadqiqot markazi suriyalik muxoliftchilarga tegishli bo‘lgan bu baza AQSh ixtiyoriga berilgani haqida xabar qilingandi.

AQSh Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi rasmiy vakili Patrik Rayderning TASS muxbiriga bergan izohida aytilishicha, bu ma'lumotda zarracha haqiqat yo‘q.

"Men aniq aytishim mumkinki, AQSh Harbiy Havo kuchlari Suriyadagi hech qaysi aerodromda nazoratni qo‘lga olgan emas", deydi u.

Uning aytishicha, Suriyada amerikalik harbiylarning harakatlanish darajasi avvalgidek oz miqdordaligicha qolmoqda.

"Ular avvalroq AQSh Mudofaa vaziri Eshton Karter aytib o‘tgan vazifalarni bajarishmoqda", deydi Patrik Rayder.

Ko‘proq yangiliklar: