Xalqaro valyuta jamg‘armasi jahon iqtisodiyoti 2016 yilda 3,4 foizga oshishini prognoz qilmoqda

Iqtisodiyot 18:56 / 23.01.2016 3526

Xalqaro valyuta jamg‘armasi rahbari Kristin Lagard jahon iqtisodiyoti 2016 yilda 3,4 foizga oshishini prognoz qildi, deb xabar bermoqda RNS nashri.

Lagard bu haqda Davosdagi Butunjahon iqtisodiy forumida aytib o‘tdi.

“Bizningcha, jahon iqtisodiyotining 2016 yildagi o‘sishi o‘rtamiyona bo‘ladi”, deb aytdi Lagard.

Lagard, shuningdek, o‘sish dinamikasi 2015 yildagi 3,1 foizdan 2016 yilda 3,4 foizga yaxshilanishini qo‘shimcha qildi. Lagardning aytishicha, 2017 yilda bu ko‘rsatkich 3,6 foizgacha o‘sadi.

Ko‘proq yangiliklar: