Goldman Sachs va Morgan Stanley banklari top-menejyerlariga beriladigan mukofot pullarini kesib tashladi

Iqtisodiyot 21:12 / 23.01.2016 2125

Goldman Sachs va Morgan Stanley banklari ko‘rsatkichlar yomonlashgani sababli 2015 yil yakunlariga ko‘ra top-menejyerlariga beradigan mukofot pullarini kesib tashladi. Bu moliyaviy tashkilotlarning aksiyalari narxi 2015 yil davomida sezilarli tushib ketdi. Bu haqda Bloomberg agentligi ma'lum qilmoqda.

Goldman Sachs banki boshlig‘i Lloyd Blankfeyn bir yil avvalgidan 1 mln dollar kamroq oladi. Unga to‘ladigan pul bank yil hisobida 31 foiz sof foydani yo‘qotgandan keyin 23 mln dollarni tashkil qildi. Yil davomida bankning aksiyasi 7 foizga qadrsizlangan.

Morgan Stanley banki bosh direktori oladigan mablag‘ 6,7 foizga kamaydi va 21 mln dollarni tashqil qildi. Investitsion bankning aksiyalari 18 foizga qadrsizlangan.

Bu orada JPMorgan banki rahbari Jyeymi Daymonning 12 oy bo‘yicha oladigan puli 35 foizga, ya'ni 2014 yildagi 20 mln dollardan 2015 yildagi 27 mln dollargacha oshdi. The Guardian nashrining ta'kidlashicha, JPMorgan o‘tgan yili xarajatlarni qisqartirish siyosatidan borgan hamda 5 ming xodimini bo‘shatib yuborgan.

Ko‘proq yangiliklar: