FT: Google Buyuk Britaniyaga 130 mln funt sterling soliq to‘lab beradi

Iqtisodiyot 08:19 / 23.01.2016 2205

Google kompaniyasi soliq tarzida Buyuk Britaniya g‘aznasiga 130 mln funt sterling (185,4 mln dollar) to‘laydi, deb yozmoqda Financial Times nashri. Bundan tashqari, kompaniya kelgusida yuqoriroq stavka bo‘yicha soliq to‘lashga rozi bo‘ldi.

Ushbu kelishuv Buyuk Britaniyaning soliq yig‘imi bo‘yicha shug‘ullanuvchi boshqarma xodimlarining ko‘p yillik tekshiruvidan keyin qabul qilindi.

Ta'kidlanishicha, bu holat Google’ni soliq to‘lashdan qochayotganlikda ayblayotgan boshqa davlatlar uchun o‘rnak bo‘lishi mumkin.

O‘z navbatida, Google Rossiyada antimonopol ishi bo‘yicha katta jarimaga tortiladi.

Ko‘proq yangiliklar: