Xitoy BAA va Qatar bilan 20 mlrd dollarlik investitsion fond yaratmoqda

Iqtisodiyot 23:09 / 22.01.2016 3845

Xitoy BAA va Qatar bilan 20 mlrd dollarlik umumiy investitsion fond yaratmoqda, deb aytdi Xitoy raisi Si Tszinpin. Bu haqda Xinhua agentligi xabar berdi.

Bundan tashqari, Xitoy huquq-tartibot sohasida xitoy-arab hamkorligini rivojlantirish uchun 300 mln dollar ajratmoqchi.

Xitoy, shuningdek, arab davlatlariga 10 mingta ta'lim stipendiyasi va 10 mingta kasbiy tayyorgarlik o‘rni taqdim qiladi, deb aytdi Si Tszinpin Arab davlatlari ligasining Qohiradagi bosh qarorgohida so‘zlagan nutqida.

Si Tszinpin ayni vaqtda Yaqin Sharq davlatlari bo‘yicha safar uyushtirmoqda. Xitoy raisi Saudiya Arabistoniga tashrif buyurgandan keyin ayni vaqtda Misrga keldi, Misrdan so‘ng Eronga safar uyushtiradi.

Ko‘proq yangiliklar: