Starbucks`ning Yevropadagi daromadi 30 foizga kamaydi

Iqtisodiyot 16:20 / 22.01.2016 1788

Amerikaning Starbucks kafelar tarmog‘i o‘tgan chorakda sof daromadining 29 foizidan mahrum bo‘ldi. Ikkinchi chorak bashoratlari ham sarmoyadorlarni quvontirmasligi aniq, deya xabar bermoqda Bloomberg.

“Noyabrdagi Parij voqealaridan keyin G‘arbiy Yevropaning iste'mol va sayyohlik faolligi sezilarli darajada pasaydi. Bu ishimizga ham o‘z ta'sirini ko‘rsatdi”, - dedi tarmoqning bon amaliyot direktori Kevin Jonson.

Xabar qilinishicha, kompaniyaning 27 dekabrda yakunlangan chorak davomidagi sof daromadi 687,6 million dollarni tashkil etdi. 2014 yilning xuddi shu davrida esa kompaniya 983,1 million dollar foyda ko‘rgan edi.

Butun dunyodagi Starbucks qahvaxonalaridagi savdolar hajmi esa o‘tgan chorakda 8 foizga ko‘tarilgan. AQShdagi savdolar hajmi 9 foizga oshgan bo‘lsa, Xitoy va Osiyo-Tinch okeani mintaqasida 5 foizlik o‘sish kuzatildi.

Ko‘proq yangiliklar: