Rublning qulashi munosabati bilan rossiyaliklar maishiy texnikani kreditga sotib ola boshladi

Iqtisodiyot 18:46 / 22.01.2016 6520

Bank xodimlarining ta'kidlashicha, Rossiyada maishiy texnika uchun kreditlarga bo‘lgan talab keskin oshib ketgan. O‘tgan yilgi voqealar yana takrorlanmoqda, lekin bu safar odamlar yoppasiga maishiy texnika xarid qilmoqda.

“Kommersant'” nashrining xabar qilishicha, yanvar oyida odatda bunday talab ortmas edi, shu bois bu holat rubl qadrining keskin tushib ketishi bilan tushuntirilmoqda.

O‘tgan yil yanvarida ham elektronika va maishiy texnika yoppasiga xarid qilingan edi. Lekin u safar odamlar xaridni joyida amalga oshirishni ma'qul ko‘rgan bo‘lsa, hozirlikda hamma narsa asosan kreditga sotib olinmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: