Qozog‘iston hukumati neft narxi 16 dollarga tushib ketganidagi davlat byudjyeti ssenariylarini sinovdan o‘tkazmoqda

Iqtisodiyot 19:29 / 22.01.2016 4020

Qozog‘iston bosh vaziri Karim Masimovning aytishicha, ayni kunlarda hukumat neft narxi 30, 25, 20 va hatto 16 dollarga tushib ketganidagi davlat byudjyeti ssenariylarini sinovdan o‘tkazmoqda.

“Biz barrelni 40 dollarga baholab byudjyetni rejalashtirgan edik. Biz barcha ssenariylarni ko‘rib chiqmoqdamiz – 30, 25, 20 va hatto 16 dollar. Hozir biz bu raqamlarni test qilmoqdamiz”, - dedi u RIA Novosti agentligi bilan suhbatda.

“Shoshma-shosharlik bilan qaror qabul qilishga hali erta, - qo‘shimcha qildi bosh vazir. – Yana bir necha hafta kerak. Qanaqa vaziyatda barqarorlik kelishini kutamiz, va shunga muvofiq o‘z korrektsiyamizni o‘tkazamiz”.

Masimov hukumat 2016 yil byudjyetining qo‘shimcha ravishda qisqartirilishi mumkinligini ham aytib o‘tdi. Yakuniy qaror fevralda qabul qilinadi. Yangi loyihalar realizatsiyasi esa to‘xtatib qo‘yiladi.

Ko‘proq yangiliklar: