Qirg‘iziston milliy banki: mamlakatda dollarga bog‘liqlikni kamaytirish borasida choralar ko‘rilmoqda

Iqtisodiyot 10:15 / 22.01.2016 3319

Qirg‘iziston hukumati va milliy banki respublika iqtisodiyotidagi inqiroz ta'sirini kamaytirish uchun barcha choralarni ko‘rmoqda. Bu haqda milliy bank raisi To‘lqunbek Abdig‘ulov Osiyo taraqqiyot banki delegatsiyasi bilan uchrashuv chog‘ida aytib o‘tdi.

“Milliy bank, parlament va hukumat Qirg‘iziston iqtisodiyotini dedollarizatsiya qilish yo‘lida harakat qilmoqda, - dedi u uchrashuv payti. – Bu choralar milliy valyuta hamda mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish uchun qilinmoqda”.

Shuningdek, u ayni kunlarda mamlakat qonunchiligini Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi talablariga uyg‘unlashtirish borasidagi ishlar davom etayotganini ta'kidlab o‘tdi.

Ko‘proq yangiliklar: