O‘zbekiston 2018 yilgacha Osiyo rivojlanish bankining 1,9 mlrd dollarlik kreditini jalb qilmoqchi

Iqtisodiyot 22:22 / 22.01.2016 3989

O‘zbekiston hukumati 2016-2018 yillarda Osiyo rivojlanish bankining 1,89 mlrd dollarlik kredit mablag‘larini jalb qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda 22 yanvarda ORB saytida chop etilgan ma'lumotlar darak bermoqda.

O‘zbekiston yaqin uch yil ichida ORB ko‘magida energetika tarmog‘ini rivojlantirish, transport aloqasi, xususiy tadbirkorlik va ta'lim sohalari, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, aholini ichimlik suvi bilan ta'minlashga qaratilgan umumiy qiymati 5 mlrd dollarga yaqin 22 ta investitsion loyihani amalga oshirmoqchi.

Kreditning 605 mln dollarlik asosiy qismi Markaziy Osiyo transport koridorining bir qismi hisoblanadigan milliy avtomagistralni qurishga jalb qilinmoqchi. Energetika sohasini rivojlantirish uchun ajratiladigan 490 mln dollar issiqlik elektrostansiyalarini modernizatsiyalash, quyosh stansiyalarini qurish, gidroenergetika va tarmoq infratuzilmasini modernizatsiyalashga yo‘naltiriladi. Melioratsiya va suv bilan ta'minlash sohasiga 340 mln dollarlik kredit yo‘naltiriladi.

O‘zbekiston 1995 yildan ORB a'zosi hisoblanadi va bugungi kunda Markaziy Osiyoda bu bankdan eng ko‘p kredit oluvchi davlat hisoblanadi. ORB 1995 yildan beri O‘zbekistonga ta'lim, qishloq xo‘jaligi, transport infratuzilmasi va energetika tarmog‘ini modernizatsiyalash bo‘yicha 54 ta loyihani amalga oshirish uchun 5 mlrd dollardan ko‘proq mablag‘ taqdim qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: