Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ofislari Qozog‘istonda ochiladi

Iqtisodiyot 10:39 / 22.01.2016 3161

21 yanvar kuni Davosdagi iqtisodiy forum doirasida Qozog‘iston bosh vaziri Karim Masimov Jahon banki prezidenti Jin Kim bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda bosh vazirning rasmiy sayti orqali xabar qilindi.

Aytilishicha, uchrashuv chog‘ida Qozog‘iston va Jahon bankining hamkorlik istiqbollari muhokama qilingan, shuningdek, Qozog‘istonda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ofislarini ochish bo‘yicha yangi ikki tomonlama shartnoma imzolangan.

Ushbu shartnoma 2014 yil mayida imzolangan hamkorlik haqidagi kelishuvning davomi o‘laroq hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilishi aytilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: