General Motors 2015 yilda rekord darajadagi 9,8 millionta avtomobil sotdi

Iqtisodiyot 11:48 / 22.01.2016 2866

Amerikaning General Motors kompaniyasi 2015 yilda butun dunyoda 9,8 million dona avtomobil sotdi, deya xabar bermoqda “Interfaks”.

Shunday qilib, kompaniya ketma-ket uchinchi yildirki, savdolar hajmi bo‘yicha rekord natijalarni qayd etmoqda. Xususan, o‘tgan yili Shimoliy Amerika bozoriga yetkazib berilgan avtomobillar miqdori 6 foizga oshib, 3,6 million donaga yetgan. Xitoyda ham 3,6 millionta mashina sotilib, 2014 yilga qaraganda 5 foiz ko‘p mahsulot yetkazilgan.

2015 yilda Amerika kompaniyasi jahon avtoishlab chiqaruvchilar reytingida uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. 10 va 9,9 millionta avtomobil sotgan Yaponiyaning Toyota Motor hamda Germaniyaning Volkswagen kompaniyalari oldingi pog‘onalarni band etishdi, deya qayd etmoqda MarketWatch.

Ko‘proq yangiliklar: