“Hamkor Mobile” – zamonaviy bank xizmati

Iqtisodiyot 10:27 / 22.01.2016 9413

Chet el kapitali ishtirokidagi “Hamkorbank” Aktsiyadorlik - Tijorat banki jahon standartlariga javob beruvchi, mijozlar uchun qulay turli xil zamonaviy bank xizmati turlarini taqdim etib kelmoqda.

Hamkor Mobile” mobayl banking xizmati zamonaviy bank xizmat turlaridan biri hisoblanib, 2014 yilda joriy qilingan. Ushbu xizmat internet-texnologiyalari asosida yaratilgan bo‘lib, bank xizmatlaridan “On-line” tartibida foydalanish imkoniyatini beradi. Shuningdek, mazkur xizmat turi mijozlarga qimmatli vaqtlarini tejash, oshiqcha xarajatlarning oldini olish, bir xizmat orqali turli amaliyotlarni bajarish qulayliklariga ega. “Hamkor Mobile” xizmatiga mijoz bank filialiga tashrif buyurmasdan masofadan turib ulanishi va o‘ziga kerakli to‘lovlarni amalga oshirishi mumkin.

Ushbu bank xizmati orqali mijozlar quyidagi yo‘nalishlarda to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar:

  • - O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan barcha mobil aloqa xizmatlari uchun to‘lovlar (Ucell, Uzmobile, GSM Uzmobile, UMS, Beeline, PerfectumMobile);
  • - Tabiiy gaz va elektr energiyasi uchun to‘lovlar;
  • - Internet aloqasi uchun to‘lovlar (SarkorTelecom, UZ-Online, Evo, TPS);
  • - Shahar telefonlari uchun to‘lovlar;
  • - IP TV uchun to‘lovlar;
  • - Kabel televideniyelari uchun to‘lovlar (Uzdigital TV, Star TV);
  • - Tizim ichidagi to‘lovlarni, ushbu to‘lov turi orqali mobayl bank tizimidan ro‘yxatdan o‘tgan mijozlar o‘zlariga ochilgan maxsus hisob varaqlar orqali plastik kartadagi mablag‘larni boshqa ushbu tizimdan ro‘yxatdan o‘tgan jismoniy shaxs mobil bank maxsus raqamiga o‘tkazish imkoniyati mavjud, ya'ni bankga murojaat qilmagan holatda naqd pulsiz to‘lovlari;
  • - Jismoniy shaxslar “Hamkorbank” ATB filiallaridan olgan kreditlari uchun oylik to‘lovlari;
  • - Tovar va xizmatlar sotib olish uchun bir marotabalik to‘lovlarni amalga oshirishi mumkin.

Shuningdek, jismoniy shaxslar o‘z plastik karta hisob varag‘idan (22618, 22617) maxsus mobil bank hisobvarag‘iga pul o‘tkazish yoki teskari amaliyotni bajarish mumkin. Bundan tashqari, “Hamkorbank” ATB filiallarining mijozlari omonat hisob varaqlari, kreditlari, plastik kartalari va boshqa hisob varaqlari to‘g‘risidagi kirim va chiqim amaliyotlarini, hisoblangan foizlarni, qoldiqlarni, aylanmalari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni olish imkoniyatiga ega.

Hamkor Mobile xizmatiga ulanish uchun Google Play onlayn-do‘konidan mobil dasturni bepul yuklab oling va to‘lovlaringizni tez hamda oson amalga oshiring!

Reklama huquqi asosida. Xizmatlar litsenziyalangan

Ko‘proq yangiliklar: