WTI nefti sutdan ikki barobar arzonlashdi

Iqtisodiyot 12:57 / 21.01.2016 4275

West Texas Intermediate (WTI) neftining narxi 2003 yil mayidagi eng past qiymatga tushib ketdi. Natijada AQShda uning bahosi sutga qaraganda ikki barobarga arzonlashdi, deya xabar bermoqda Bloomberg.

Bir gallon (3,79 l) WTI neftining narxi ayni paytda Chikago fyuchers birjasida savdoga chiqarilayotgan III sinfga mansub bir gallon sutga qaraganda ikki barobarga arzonlashdi.

Chorshanba, 21 yanvardagi savdolar vaqtda WTI neftining bir barreli 26,19 dollarga, bir gallon uchun esa 62 sentga baholandi.

Fcherslarda sut 100 funti (funt — 453,6 gramm) 13,74 dollardan sotildi. Bu bir gallon sutning narxi 1,18 dollar demakdir.

Ko‘proq yangiliklar: