Rossiyada dollarning rasmiy kursi 1 kunda 4 rublga ko‘tarildi

Iqtisodiyot 18:56 / 21.01.2016 9427

Rossiya banki 22 yanvar kuni uchun 1 dollarni 83,54 rublga teng deb belgiladi. Bu esa dollarning rasmiy kursi 1 kun ichida 4 rublga o‘sganini ko‘rsatadi. Bu haqda Markaziy bank saytida ma'lum qilingan.

Yevro kursi ham 4 rublga oshib, 91,18 rublga yetgan.

Qayd etish kerakki, bu orqali tarixiy maksimumlar qayd etildi.

Bivalyuta savati narxi ham mutlaq maksimumni yangiladi va 87 rubldan oshdi.

Bugun Moskva birjasida 1 dollar 84,43 rublga sotilmoqda. Dollar va yevro narxlari birjada 1 kun oldingidagidan 3 va 3,3 rubl miqdorlarida oshgan.

Rublning narxi tushib ketishiga dunyo bozorida neftning narxi arzonlashayotgani sabab bo‘lmoqda.

ICE birjasida bugungi savdo chog‘ida Brent markali neft fyuchersining narxi yana 0,36 foizga tushdi. Ya'ni hozir savdo qilinayotgan neft shu yilning mart oyida barreliga 27,78 dollardan yetkazib beriladi.

WTI turidagi neft narxi Nyu-York tovar birjasida (NYMEX) bir barreli 28,21 dollarga (0,496 foizlik tushish) baholangan.

Yil boshidan buyon neft narxi 24 foizga arzonlashgan.

Ko‘proq yangiliklar: