Qozog‘istonda valyuta kursi yana bir marotaba tarixiy maksimumni yangiladi

Iqtisodiyot 16:58 / 21.01.2016 8100

Qozog‘iston milliy valyutasi tez sur'atlarda qadrsizlanishda davom etmoqda. Bir necha kun ichida tarixiy rekord yana yangilandi. Ostona shahridagi ayirboshlash punktlarida dollar 390 tangaga sotilmoqda, 388 tangaga xarid qilinmoqda. Olmaotada bu ko‘rsatkichlar 389 va 387 tangaga teng.

Qozog‘iston fond birjasining (KASE) ertalabki sotuv sessiyalari yakunlariga ko‘ra tanganing dollarga nisbatan o‘rtacha kursi 383.23 tanga/1 dollarni tashkil qildi.

“Kazkommertsbank” AJ dollarni 388.5 tangadan sotib, 386.5 tangadan xarid qilmoqda; Qozog‘iston xalq bankida bu ko‘rsatkichlar 388.97 va 386.99 tangaga teng. Kecha Ostonadagi ayirboshlash shoxobchalarida dollar 377 tangaga, Olmaotada 376 tangaga sotildi.

Ko‘proq yangiliklar: