Moskvada dollar kursi 84 rubldan oshib, yevro kursi 93 rublga yaqinlashdi

Iqtisodiyot 12:49 / 21.01.2016 5056

Rossiyada dollar kursi bugun, 21 yanvar kuni 84 rubllik maksimumni ham zabt etdi. Bu haqda valyuta birjasi ma'lumotlari ko‘rsatib turibdi.

Moskva valyuta birjasida 21 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 10:33da dollar kursi 84,81 rublga yetgan va yana bir tarixiy rekord qayd etilgan.

Moskva birjasida yevro kursi ham o‘sib bormoqda. Ayni vaqtda yevro narxi 92,55 rublni tashkil qildi.

Rublning narxi tushib ketishiga dunyo bozorida neftning narxi arzonlashayotgani sabab bo‘lmoqda.

ICE birjasida bugungi savdo chog‘ida Brent markali neft fyuchersining narxi yana 0,22 foizga tushdi. Ya'ni hozir savdo qilinayotgan neft shu yilning mart oyida barreliga 27,77 dollardan yetkazib beriladi.

Ko‘proq yangiliklar: