Moskva birjasida dollar kursi 83 rubldan oshdi

Iqtisodiyot 12:27 / 21.01.2016 3365

Rossiyada dollar kursi bugun, 21 yanvar kuni 83 rubldan oshdi. Bu haqda valyuta birjasi ma'lumotlari ko‘rsatib turibdi.

Moskva valyuta birjasida 21 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 10:10da dollar kursi 92 kopiyaga qimmatlab, 83,10 rublni tashkil qilgan va tarixiy rekord qayd etilgan.

Moskva birjasida yevro kursi ham o‘sib bormoqda. Ayni vaqtda yevro narxi 1,09 rublga o‘sib, 90,55 rublni tashkil qildi.

Rublning narxi tushib ketishiga dunyo bozorida neftning narxi arzonlashayotgani sabab bo‘lmoqda.

ICE birjasida bugungi savdo chog‘ida Brent markali neft fyuchersining narxi yana 0,22 foizga tushdi. Ya'ni hozir savdo qilinayotgan neft shu yilning mart oyida barreliga 27,77 dollardan yetkazib beriladi.

Ko‘proq yangiliklar: