Kudrin Rossiyadagi iqtisodiy vaziyatni 1998 yil bilan qiyosladi

Iqtisodiyot 18:24 / 21.01.2016 4234

Rossiyaning sobiq moliya vaziri, fuqarolik tashabbuslari qo‘mitasi rahbari Aleksey Kudrin Business FM radiosiga bergan intervyusida neft bozoridagi tushish 1998 yil darajasi bilan tenglashganini ta'kidladi.

Uning so‘zlariga qaraganda, tahlilchilar tushish darajasini nazorat ostiga ololmaydi.
“Biz tendensiyani ko‘rib turibmiz, lekin uni oxirigacha tushunmaymiz, uning oxirgi nuqtasi qayerda bo‘lishi mumkinligini bilmaymiz. Hattoki jahondagi narxlarni tushirib, o‘z ulushini saqlab qolishni maqsad qilgan Saudiya Arabistonining xatti-harakatlari faqatgina omillardan biridir. U ham tushishni boshqara olmaydi”, - deb hisoblaydi ekspert.

Sobiq vazirning fikricha, yaqin bir necha oy ichida, OPeK biror qarorga kelmas, Saudiya Arabistoni esa kursini davom ettirarkan, neft narxi yanada tushadi.

“Muammoning chuqurligi 1998 yil bilangina qiyoslanishi mumkin, - dedi Kudrin. – Eslashimcha, 1998 yilda bir necha oy davomida neftning barreli 8 dollar bo‘lib turdi. Agar buni joriy yil narxlariga o‘tkazsak va inflyatsiya indekslarini hisoblab chiqsak, bu 13-14 dollar demakdir. Va bu narsa yana takrorlanishi mumkin. Shu bois oxirgi narx qanaqa bo‘lishini aniq ayta olmaymiz, u juda past bo‘lishinigina bilamiz”.

Ko‘proq yangiliklar: