Bloomberg: Xitoyning rekord darajadagi kiritmalariga qaramay, Osiyo bozorlari quladi

Iqtisodiyot 16:53 / 21.01.2016 4636

Xitoy Xalq banki moliyaviy tizimga 61 mlrd dollar kiritdi, lekin bu bozorlarga yordam bermadi. Osiyo-Tinch okeani mintaqasi fond indekslari payshanba kungi sotuvlarni qizil zonada yakunladi, investorlar qulashning tubiga yeta olmadi, deb xabar beradi Bloomberg agentligi.

Mintaqaning umumiy indeksi MSCI Asia Pacific 1.7 foizga yoki 114.60 punktga tushib ketdi, vaholanki, kun davomida 1 foizga ko‘tarilgan edi. Yanvarda indikator 13 foizga tushib ketgan bo‘lib, bu 2008 yildan buyon kuzatilgan eng jiddiy qulashdir.

Treyderlarning baholashicha, Xitoy markaziy bankining moliyaviy tizimga sof kiritmalari 61 mlrd dollarni tashkil qilgan bo‘lib, bu 2012 yil yanvaridan buyon kuzatilgan maksimumdir. Markaziy bank fevralda Oy taqvimi bo‘yicha nishonlanadigan Yangi yil tantanalari arafasida likvidlik muammolarini bartaraf qilish haqida o‘ylamoqda.

Ko‘proq yangiliklar: