Rossiyada dollar va yevro kursi bir necha oylik maksimumni yangiladi

Iqtisodiyot 15:27 / 11.01.2016 6234

Dollar va yevro Moskva birjasida Rossiya rubliga nisbatan 2014 yil dekabr oyidan buyon eng maksimal ko‘rsatkichni qayd etdi.

«Interfaks» bergan ma'lumotga ko‘ra, bugunga kelib 1 AQSh dollari 76 rublni, yevro esa 83 rubldan oshiqroq qiymatni tashkil qilmoqda. Bunga dunyo bozorlarida neft narxi tushib ketishi sabab bo‘lgan.

"Valyutalar kursining keskin o‘sishiga Rossiya daromadining taxminan 50 foizini tashkil qiladigan neftning narxi tushib ketishida", deyishmoqda mutaxassislar.

Ko‘proq yangiliklar: