O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 2821 so‘mdan oshdi

Iqtisodiyot 14:54 / 11.01.2016 4803

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2016 yilning 12 yanvaridan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlar uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari bir hafta oldingi kursga nisbatan 4 so‘m 96 tiyinga qimmatlashib, qiymati 2 821 so‘m 43 tiyinni tashkil qilmoqda. 1 Yevro 33 so‘m 84 tiyinga arzonlashib 3 053 so‘m 85 tiyinni tashkil qilib turibdi.

Bu haftada Rossiya rublining so‘mga nisbatan qiymati kichik miqdorda o‘sdi. Yangi kursga ko‘ra, 1 Rossiya rubli 7 tiyinga qimmatlashib, 38 so‘m 69 tiyin qiymatga ega bo‘lib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Ko‘proq yangiliklar: