Eron sanksiyalar bekor qilinganidan so‘ng Yaponiyaga neft eksportini ikki barobarga oshiradi

Iqtisodiyot 17:42 / 10.01.2016 3679

Sanktsiyalarning bekor qilinishi bilan Eron Yaponiyaga eksport qilinayotgan neft hajmini ikki barobarga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda 10 yanvar kuni Mehr agentligi xabar berdi.
“Eron xalqaro sanksiyalar bekor qilinishi bilan Yaponiyaga neft eksportini ikki barobarga oshiradi”, - deyiladi agentlikning xabarnomasida.
Ayni paytda Eron Yaponiyaga kuniga 350 ming barrel neft yetkazib beradi. Eron milliy neft kompaniyasi xalqaro ishlar bo‘yicha ijrochi direktori Muhsin G‘amsoriyning so‘zlariga qaraganda, Tehron Yaponiya bozorining kamida 10 foizini egallashga intilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: