Rivojlangan davlatlarda 40 foizga yaqin oziq-ovqat mahsulotlari chiqitga chiqadi

Iqtisodiyot 07:40 / 09.01.2016 4886

Oziq-ovqatlar chiqindisidan chiqadigan gaz iqlimni va atrof-muhitni zararlaydigan gazlar orasida uchinchi o‘rinda turadi. Muammoning asosiy sababi oziq-ovqatga bo‘lgan ehtiyojning oshishi va odamlar sonining o‘sishidir. Sotuvchilar o‘z savdolari hajmini oshirish maqsadida do‘konlarni oziq-ovqat mahsulotlariga to‘ldirib tashlaydilar, xaridorlar esa me'yordan ortiq ana shunday mahsulaotlar sotib olishadi.

Garvard universiteti olimlarining aniqlashlaricha, birgina amerikaliklar bir yilda qiymati 165 mlrd. dollarga yaqin 40 foiz oziq-ovqat mahsulotini chiqitga chiqarishadi. Shu bois ayrim mamlakatlarda oziq-ovqat tanqisligi kuzatilmoqda. Sayyoradagi 805 millionga yaqin inson bundan aziyat chekmoqda.

“Natur Produkt” sayti chiqindilar asosan nima sababdan chiqishini ko‘rsatib beruvchi maxsus grafika ishlab chiqishdi. Ma'lum bo‘lishicha oziq-ovqat mahsulotlari chiqindisining 50 foizga yaqini salatlardan chiqarkan.

Ko‘proq yangiliklar: