Jahon banki Eron YaIMi 2016 yilda 5.8 foizni tashkil qilishini prognoz qilmoqda

Iqtisodiyot 18:49 / 09.01.2016 3786

Jahon banki Eron YaIMi 2016 yilda 5.8 foizni tashkil qilishini prognoz qildi. Bu haqda IRNA agentligi xabar bermoqda.

Bank mutaxassislari tayyorlagan “Jahon iqtisodiyoti prognozi” hisobotida ta'kidlanishicha, 2015 yilda YaIM Eronda 1.9 foizga o‘sgan. 2016 yilda bu ko‘rsatkich 5.8 foizga, 2017 yilda esa 6.7 foizga teng bo‘ladi.

Bunday yuqori ko‘rsatkichlarni Jahon banki Eronga nisbatan sanksiyalarning bekor qilinishi bilan bog‘lamoqda. Postsanktsion Eronda o‘sish sur'atlari yuqori bo‘lishi kutilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: