Guardian: Aramco’ning xususiylashtirilishi mumkinligi bozor ishtirokchilarini shok ahvoliga keltirib qo‘ydi

Iqtisodiyot 16:01 / 09.01.2016 4981

Dunyodagi eng yirik neft eksportchisi – Saudiya Arabistonining Saudi Aramco davlat korporatsiyasining IPO (birjaga aksiyalarni birlamchi joylashtirish) orqali xususiylashtirish borasida oshkor qilingan rejalar bozorda sarosimani keltirib chiqardi, deb yozadi The Guardian nashri.

Agar Aramco bunday qadamni tashlasa, birjaga aksiyalari joylashtirilgan eng qimmat kompaniyaga aylanadi, Apple, Exxon Mobil va Google singari gigantlardan o‘tib ketadi, deb hisoblaydi maqola muallifi.

Saudiya Arabistonining ikkinchi valiahd shahzodasi Muhammad ibn Salmonning hukumat davlat kompaniyasi IPO operatsiyasini amalga oshirishini muhokama qilgani haqidagi bayonoti neft sektorini shokka tushirib qo‘ydi, deb eslatib o‘tadi nashr.

Ayni paytda soha mutaxassislari Aramco aksiyalarining erkin sotilishi Saudiyaning neft narxlarini tushirish strategiyasiga qay darajada ta'sir o‘tkazishini muhokama qilmoqda.

Shu bilan birga, ta'kidlanishicha, kompaniya aksiyalarining erkin sotuvga chiqarilishi Saudiya rasmiylari kutmagan muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Jumladan, aksiyadorlar va g‘arblik investorlar kompaniyaning boshqarilishi, rivojlanish istiqbollari va boshqa tafsilotlarni bilishni xohlaydi.“Saudiyaliklar g‘alati vaqtda g‘alati g‘oyani ilgari surishdi”, - xulosa qildi CNBC nashri.

Ko‘proq yangiliklar: