Financial Times Xitoyda dollar cheklangan miqdorda sotilayotganini ma'lum qildi

Iqtisodiyot 00:16 / 09.01.2016 8200

Xitoy banklari Xitoy Xalq bankidan AQSh dollarining jismoniy shaxslar va kompaniyalarga cheklangan miqdorda sotilishi bo‘yicha og‘zaki ko‘rsatma oldi. Bu haqda 8 yanvarda o‘z manbalariga iqtibos keltirgan holda The Financial Times nashri ma'lum qildi.

Nashrning tushuntirishicha, Pekin shunday usul bilan sarmoyaning chetga chiqib ketishi bilan kurashmoqda. Xususan, Xitoy hukumati Shanxayda AQSh dollari va Shenchjenda Gonkong dollariga talabning keskin o‘sganidan xavotirga tushgan. Gazeta manbalarining aytishicha, Shanxayda “o‘rtamiyona bankda” mijozlar oldindan buyurtma bermasdan kuniga 5 mingdan va buyurtma bilan 10 mingdan ko‘proq AQSh dollari sotib ololmaydilar.

2015 yil oxirida Xitoy Xalq banki ikki marta – 10 va 14 dekabrda yuanning qiymatini pasaytirgan. Yangi kurs bir dollarga 6,4495 yuan qiymatida o‘rnatilgandi. 8 yanvardagi ma'lumotlarga ko‘ra, bir dollar 6,57 yuanni tashkil qilmoqda.

2015 yil 30 noyabrda yuan Xalqaro valyuta jamg‘armasining zaxira valyutalari ro‘yxatiga kiritildi. Yuanning bu ro‘yxatga kiritilishi uchun Xitoy bir qator islohotlarni amalga oshirishiga to‘g‘ri keldi. Birinchi navbatda, gap xorijliklarning mamlakat valyuta bozoriga kirishi borasidagi qoidalarining erkinlashtirilishi haqida bormoqda. Bu qaror 2016 yil 1 oktabrdan kuchga kiradi.

Ko‘proq yangiliklar: