Ekspert qozog‘istonliklar Xitoyning arzon mashinalariga o‘tishlarini bashorat qildi

Iqtisodiyot 15:40 / 09.01.2016 5967

Qozog‘istonning yirik avtodilerlari va riteylerlari servis xizmat ko‘rsatishga o‘tib ketishadi, foydalanuvchilar esa asosiy e'tiborni Xitoyning arzon mashinalariga qarata boshlaydi. Bu haqda PricewaterhouseCoopers konsalting firmasi mutaxassislari aytib o‘tishdi.

“Astana” telekanali efirida agentlik eksperti Shalqar Nurtleuov avtomashinalar xaridi ko‘rsatkichlari 2015 yilda rasmiy ravishda 50 foizga tushib ketganini eslatib o‘tdi. Uning aytishicha, moliyaviy inqiroz ko‘pchilikni arzon mashinalardan foydalanishga majbur qiladi.

Nurtleuovning fikricha, mavjud qiyinchiliklar tufayli yirik dilerlar mashina sotishdan texnik xizmat ko‘rsatishga o‘tib ketadi.

“2016 yilda arzon mashinalarning pozitsiyalari yaxshilanadi. Bozorga Xitoyning arzon mashinalari kirib kelib, ommalashadi. Avtomobil hasham belgisiga emas, harakat vositasiga aylanadi. Bu bir tomondan quvonarli, chunki odamlar daromadi va buromadini hisoblashni boshladi”, - ta'kidladi ekspert.

Ko‘proq yangiliklar: