Rossiyalik deputat neft narxi yaqinda 100 dollarga yetishini aytdi

Iqtisodiyot 11:15 / 08.01.2016 6895

Neft narxining qancha muddat past darajada turishi Rossiyaga qarshi harakatlarni boshlab yuborgan AQSh bunday narxlarni qancha ushlab tura olishiga bog‘liq, deb hisoblaydi Rossiya Davlat Dumasi energetika qo‘mitasi a'zosi Ivan Grachyov. “Russkaya slujba novostey” radiostansiyasi efiridagi chiqishida u yaqin kelajakda neft narxi eski holiga qaytishini bashorat qildi.

“O‘ylashimcha, narx 100-110 dollar bo‘ladi, yaqin istiqbolda undan ham yuqoriga ko‘tarilishi mumkin. Amaldagi narx esa bizga qarshi boshlangan “sovuq urush” bilan bog‘liq, narxni sun'iy tarzda tushirishmoqda”, - dedi deputat.

Ayni kunlarda Brent rusumli neft fyucherslari narxi 4 foizga tushib, barreliga 33 dollardan pastga tushib ketdi. Bloomberg agentligi ma'lumotlariga qaraganda, bunday past natija 2004 yil aprelidan buyon birinchi marta kuzatilishi.

Ko‘proq yangiliklar: