Frankning mustahkamlanishi oqibatida Shveytsariya banki 23 mlrd dollar yo‘qotdi

Iqtisodiyot 14:57 / 08.01.2016 4939

2015 yilda Shveytsariya milliy banki zarari 23 mlrd dollarni tashkil qildi. RNS portalining ma'lum qilishicha, bu zarar milliy valyuta – frank qadrining oshishi tufayli ko‘rilgan.

Markaziy bank ma'lumotlariga qaraganda, Shveytsariya valyuta zaxiralarining noto‘g‘ri baholanishi ham bu yo‘qotishning kelib chiqishiga zamin bo‘lgan.

Ilgarigi zarar rekordi Shveytsariyada 2010 yilda, Gretsiyaning qarzlari restrukturizatsiyasi ko‘rib chiqilgan pallada o‘rnatilgan edi. O‘shanda milliy bankning yillik zarari 20.8 mlrd frankni (20.8 mlrd dollar) tashkil qilgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: