119 yil ichida ilk bor AQSh fond birjasida qulash kuzatildi

Iqtisodiyot 14:46 / 08.01.2016 7159

2016 yilning birinchi to‘rt kunida AQSh fond birjalarida savdolar 119 yil ichida ilk bor yomonlashdi, deya xabar bermoqda CNN.

FactSet tadqiqot kompaniyasi ma'lumotlariga ko‘ra, 1897 yildan buyon olib borilayotgan kuzatuvlar mobaynida ilk bor bu kabi yomon holat qayd etildi.

Ta'kidlanishicha, Dow Jones indeksi bu davrda 911 punkt yoki 5 foiz yo‘qotdi. Asosiy birja indekslari 2015 yil yozida qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkichga qaraganda 10 foizga pasaygan.

Yaqindagina Xitoyda yarim soat ichida indekslar 7 foizga pastlagani uchun savdolar to‘xtatilgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: