Ozarbayjon Markaziy banki valyuta ayirboshlash tartibini qattiqqo‘llashtirdi

Iqtisodiyot 13:14 / 07.01.2016 4237

Ozarbayjon Markaziy banki valyuta ayirboshlash tartibini qattiqqo‘llashtirdi, deb xabar beradi RBK nashri. Yangi qoidalarga muvofiq, 500 dollardan ortiq summani ayirboshlash chog‘ida shaxsni tasdiqlovchi guvohnoma taqdim etish talab qilinadi. Ilgari bunday hujjat 5 ming dollardan ortiq summa ayirboshlanganda talab etilardi.

Bundan tashqari, endilikda har bir bank ko‘chirmasida jismoniy shaxsning ismi-sharifi, shaxsni tasdiqlovchi hujjat nomi, uni taqdim etgan organ nomi ko‘rsatilishi lozim.

Chet el banklari filiallari hamda pochta bo‘limlarida amalga oshiriladigan ayirboshlash operatsiyalariga nisbatan bu qoidalar joriy qilinmaydi.

Ko‘proq yangiliklar: