Jahon banki O‘zbekiston iqtisodiyotining 2016 yilgi prognozlarini yaxshiladi

Iqtisodiyot 14:55 / 07.01.2016 7366

Jahon banki mutaxassislarining fikriga ko‘ra, 2016 yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti 7.5 foizga o‘sishi mumkin. Bu 2015 yilgi ko‘rsatkichdan biroz yuqoridir. Bunday raqam bankning “Global iqtisodiy istiqbollar” nomli yangi hisobotida keltirildi.

Jahon banki jahon iqtisodiyotining 2016 yilgi o‘sishi prognozlarini 3.3 foizdan 2.9 foizga tushirdi. Bunday o‘zgarishga asosiy sabab rivojlanayotgan davlatlardagi moliyaviy ahvoldir. Bank mutaxassislarining fikricha, Xitoy iqtisodiyotida o‘sish 2016 yilda 6.7 foizdan oshmaydi, Braziliyada bu ko‘rsatkich 2.5 foizga teng bo‘ladi. Rossiyada o‘sish 0.7 foizni tashkil qiladi.

O‘zbekistonda esa hisobot davrida o‘sish 7.5 foizni tashkil etadi; bu o‘tgan safargi prognozdan 0.6 foizga ko‘proqdir.
2017 va 2018 yillarda o‘sish o‘rtacha 7.7 foizga teng bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: