2015 yilda Xitoyning xalqaro zaxiralari 512 mlrd dollarga qisqardi

Iqtisodiyot 19:28 / 07.01.2016 4261

Xitoy Xalq banki taqdim etgan ma'lumotlarga qaraganda, mamlakatning 2015 yildagi xalqaro zaxiralari 512 mlrd dollarga qisqardi. Bu tarixdagi maksimal tushish bo‘ldi.

O‘tgan yil dekabrida Xitoy zaxiralari 108 mlrd dollarga tushib ketdi, bu o‘z navbatida bir oy mobaynidagi rekord tushish bo‘ldi. Yil oxirida zaxira hajmi 3.33 trln dollarni tashkil etar edi. Bloomberg agentligi bilan suhbatlashgan ekspertlar bu ko‘rsatkich o‘rtacha 3.42 trln dollarni tashkil qilishini kutayotganligini aytgan edi.

Xitoy zaxiralari rekord darajaga 2014 yil iyunida chiqdi (3.99 trln dollar).
Shunga qaramay, zaxiralar hajmiga ko‘ra Xitoy jahonning yetakchisi bo‘lib qolmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: