2016 yilning 1 yanvar holatiga 280 mingga yaqin firma nomlari zaxiraga olingan

Iqtisodiyot 12:39 / 06.01.2016 4907

Bugunga kelib O‘zbekistonda 280 mingga yaqin firma nomlari zaxiraga olingan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi axborot xizmati xabar bergan.

“Firma nomlarini zaxiraga qo‘yishning elektron tizimi” joriy etilgan davrdan boshlab 280 mingga yaqin firma nomi “Firma nomi to‘g‘risida”gi qonun talablariga mos kelishi, ma'lumotlar bazasida mavjud nomlarga o‘xshash yoki adashtirish darajasida o‘xshash emasligi sababli, belgilangan tartibda zaxiraga olindi.

2015 yilning yanvar-dekabr oylarida 80 mingga yaqin firma nomi zaxiraga olingan", deyiladi xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: