Maduro Venesuela iqtisodiyoti bo‘yicha favqulodda reja joriy etilayotganini e'lon qildi

Iqtisodiyot 11:23 / 05.01.2016 2568

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro yaqin vaqtlarda mamlakatda favqulodda iqtisodiy choralar e'lon qilinishini aytdi, deya xabar bermoqda AVN Venesuela axborot agentligi.

“Yaqin soatlarda biz mamlakat iqtisodiyotida favqulodda rejani qabul qilish va ko‘rib chiqish, milliy, mintaqaviy va lokal miqyosda mahsulot iqtisodiyotini barpo etish bo‘yicha harakatlarni amalga oshiramiz”, - dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ishlab chiqarishning fundamental ko‘rsatkichlarining ortishi, mahsulotlarning tarqalishi, ularning tijoriylashuvi va narxlarning nazorat qilinishi mazkur choralardan ko‘zlangan maqsad hisoblanadi. Yangi reja mamlakat parlamentiga taqdim etilgan. Maduro mazkur choralarga taqiq qo‘ymaslikka chaqirdi.

Ko‘proq yangiliklar: