Jizzaxda gilam fabrikasi ishga tushirildi

Iqtisodiyot 17:04 / 05.01.2016 10672

“Jizzax” maxsus industrial zonasida yangi korxona – “Diamond karpet” mas'uliyati cheklangan jamiyatining gilam va gilam mahsulotlari ishlab chiqarish fabrikasi ish boshladi, deb xabar beradi O‘zA.

Korxona yiliga 3 ming tonna polipropilen ip va 1,2 million kvadrat metr gilam ishlab chiqarish quvvatiga ega.

Yangi korxona xorijdan keltirilgan zamonaviy texnologiyalar, jumladan, polipropilen ip ishlab chiqarish va gilam to‘qish dastgohlari bilan jihozlandi. 20 yangi ish o‘rni yaratildi. Ayni paytda kasb-hunar kollejini bitirgan yoshlardan tashkil topgan korxona ishchilari tomonidan rangdor gilamlar to‘qilmoqda.

Mutasaddilarning ta'kidlashicha, 2015 yilda “Jizzax” maxsus industrial zonasida 9 sanoat korxonasi faoliyat boshlagan. 2016 yilda bu boradagi ishlar davom ettirilib, 10 dan ziyod turli xil maishiy ro‘zg‘or buyumlari ishlab chiqaruvchi korxonalar ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: