Xitoy ishlab chiqarish sektori faolligi indeksi 2015 yilning dekabr oyida 48,2 ga tushib ketdi

Iqtisodiyot 12:22 / 04.01.2016 3557

2015 yilning dekabr oyida Xitoy ishlab chiqarish sektorining faolligi indeksi (PMI) 48,2 ga tushdi. Bu haqda dushanba, 4 yanvar kuni "Tsaysin" nashri hisobotiga asoslanib TASS xabar bermoqda.

Nashr tahlilchilarining qayd etishiga ko‘ra, PMI ko‘rsatkichi o‘tgan 2015 yilning sentabr oyidagi eng kam miqdorgacha tushib ketgan. “Bu holat mamlakat ichkarisida ham, xorijda ham talabning sustligi bilan bog‘liq. Dekabr oyida yangi eksport buyurtmalari soni so‘nggi uch oy ichida birinchi marta qisqardi”, - deyiladi hisobotda.

PMI (unga kiruvchi subindekslar ham) ko‘rsatkichi 50 punktda bo‘lishi ekspertlar tomonidan ishlab chiqarish sektorida faollikning bir me'yorda baholanishiga turtki beradi. Indeksning 50 punktdan oshishi ishlab chiqarish sohasining jonlanayotgani, pastlashuvi esa mazkur jabhada stagnatsiya (ishlab chiqarishning uzoq muddatga to‘xtatishini anglatuvchi iqtisodiy atama) kuzatilayotganidan darak beradi.

 

Ko‘proq yangiliklar: