German Gref Rossiya iqtisodiyotidagi uch asosiy muammoni sanab o‘tdi

Iqtisodiyot 10:08 / 04.01.2016 6415

Rossiya Sberbanki rahbari German Gref Britaniyaning Financial Times nashriga bergan intervyusida Rossiya iqtisodiyotidagi uch asosiy muammoni sanab o‘tdi. Uning so‘zlariga qaraganda, bular jahon bo‘ylab neft narxlarining tushib ketishi, G‘arbning sanksiyalari, shuningdek, struktur islohotlarning o‘tkazilmayotganidir.

Grefning uqtirishicha, unga tegishli bo‘lgan Sberbank ham sanksiyalardan og‘ir talafot ko‘rgan: depozitlarning chiqib ketish sur'atlari keskin oshgan, neft narxining oshib ketishi esa bunga jiddiy turtki bo‘lgan.

Ammo keyinchalik bank bozori o‘zgara boshlagan, mayda ishtirokchilar bozordan chiqib ketib, mijozlar yirik banklarga ishonch bildira boshlagan, buning natijasida Sberbank xizmatlariga bo‘lgan ehtiyoj qaytadan orta borgan.
Inflyatsiyaning to‘xtashi depozitlarning qaytishiga ma'lum darajada sababchi bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: