Eron va Saudiya Arabistoni ziddiyati fonida dunyoda neft narxlari o‘sdi

Iqtisodiyot 11:55 / 04.01.2016 6637

London va Nyu-Yorkdagi birjalarda neft narxlarida o‘sish qayd etildi.

Londondagi ICE Futures birjasida Brent turidagi neft narxi 3,35 foizga oshgan va bir barreli 38,18 dollarni tashkil etgan.

WTI nefti narxi Nyu-York tovar birjasidagi (NYMEX) savdolarda 1,96 foizga oshib, 1 barreli uchun 37,77 dollarga yetgan.

Bloomberg agentligi ma'lumotiga ko‘ra, Saudiya Arabistoni va Eron OPeK mamlakatlari ichida neft qazib olish hajmi ko‘rsatkichlari bo‘yicha mos ravishda birinchi va beshinchi o‘rinlarda qayd etilgan.

Ko‘proq yangiliklar: