“O‘zbekneftgaz” chet ellik investorlarni bir qator konlardan foydalanishda ishtirok etishga chaqirmoqda

Iqtisodiyot 12:06 / 04.01.2016 4651

“O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi “Sechanko‘l, Oqjar va Chimboy investitsion bloklarida geologik razvedka ishlarini o‘tkazish, Urga, Oqchalak va Chandir guruhi konlaridan foydalanish” investitsion loyihasini realizatsiyaga hozirlamoqda.

Xolding matbuot xizmatining xabar qilishicha, loyiha chet el investitsiyalari paritet asosda ishtirok etgan korxona tashkil etish yo‘li bilan realizatsiya qilinadi. Chet ellik investor tanlov asosida saralanib, qo‘shma korxona tashkil etiladi.

Tanlovda sohada zamonaviy metod va texnologiyalarni qo‘llovchi neft-gaz kompaniyalarini taklif qilmoqda.
Tanlovda ishtirok etish arizasi 2016 yil 8 yanvariga qadar topshirilishi lozim.

Kompaniya investitsion dasturiga muvofiq, loyiha yiliga 1.5 mlrd kubometr tabiiy gaz va 76 ming tonna gaz kondensati yetkazishga mo‘ljallangan. Investitsiyalar hajmi 700 mln dollarni tashkil etishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: