Fransiya AQShdan C-130 Hercules rusumli 4ta transport samolyoti xarid qiladi

Iqtisodiyot 08:22 / 02.01.2016 3156

Fransiya amerikalik ishlab chiqaruvchi Lockheed-Martin kompaniyasidan 4ta S-130 Hercules rusumli ko‘pmaqsadli harbiy-transport samolyoti sotib olishni rejalashtirgan. Bu haqda Fransiya Mudofaa vazirligidagi manbasiga asoslanib, Reyter agentligi xabar bergan.

Xabar qilinishicha, Fransiya avvaliga Airbus kompaniyasidan A400M rusumli 4ta ko‘pmaqsadli harbiy-transport samolyoti sotib olmoqchi bo‘lgan, lekin bu rejaga to‘siqlar paydo bo‘lgach, amerikaliklarga murojaat qilingan.

AQSh tomoni samolyotlarni 2017 yilda yetkazib berishi kutilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: