Rossiyada dollar kursi 2015 yilda ilk marta 73 rubldan oshdi

Iqtisodiyot 16:54 / 30.12.2015 3877

30 dekabr, chorshanba kuni neft narxining tushish natijasida Rossiya rublida ham pasayish kuzatildi.

Moskva birjasi ma'lumotiga ko‘ra, dollar o‘zining yillik eng maksimum narxini tashkil qilgan va 1 dollar 73,14 rublgacha qiymatni tashkil qilmoqda. Yevro 80,02 rublgacha (yozdan buyon maksimal ko‘rsatkich) oshdi.

Davlat rasmiy kursi esa 30 dekabr holatiga ko‘ra 1 dollar - 72,51 rubl, 1 yevro esa 79,55 rubl.

Neftning Brent markasining bir barreli birja savdolarida 37,34 dollarga baholangan. 1 kun oldin narx 37,79 dollarni tashkil etgandi.

Ko‘proq yangiliklar: