O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015 yil 26 dekabrdagi qarori bilan Adliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tgan “Tijorat banklariga chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshirish uchun litsenziyalarni berish tartibi”ga muvofiq “Ravnaq-bank” xususiy aksiyadorlik-tijorat bankiga chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshirishi uchun Bosh litsenziya berildi.
2012 yilda «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida»gi Qonunning 40 va 53-moddasiga asosan valyutani tartibga solishga doir amaldagi qonunchilik talablarini buzganligi sababli O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki «Ravnaq-bank» xususiy ochiq aksiyadorlik-tijorat bankidan chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshirish huquqini beruvchi Bosh litsenziyani qaytarib olgandi.